Toshkentda 11-iyun kuni boks kechasi tashkil etiladi. Markaziy jang Shohjahon Ergashev ishtirokida bo‘lishi aytilmoqda

  • 11:22 / 03.06.2021
  • 1117

19 ta jangning barchasida g‘alabani qo‘lga kiritgan Shohjahon Ergashev ilk bor O‘zbekistonda ringga ko‘tariladi. Bu haqda bokschining o‘zi Instagram sahifasida e’lon qildi.

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan sportchi 11-iyun kuni poytaxtdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Yevroosiyo boks parlamenti chempionlik kamari uchun tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi jang qiladi. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv kechaning markaziy jangi bo‘lishi aytilmoqda. 

Ergashev so‘nggi bor belaruslik Dmitriy Milyushaga qarshi jang o’tkazib, undan texnik nokaut evaziga ustun kelgan.

Hozirda farg‘onalik bokschi dunyoning eng yaxshi jangchilari orasida 23-o'rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, tanzaniyalik sportchi shu kunga qadar 19 ta jang o'tkazib, ulardan 16 tasida g‘alaba qozongan.