Toshkentda $2 mingga dala do‘konini ochishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

  • 18:02 / 16.06.2021
  • 129

Toshkent shahri Yunusobod tumanida dala do‘konini ochishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro D.K. firibgarlik yo‘li bilan tadbirkor A.ga tanishlari orqali tumanda joylashgan dala do‘konidan foydalanish uchun ijara shartnomasini rasmiylashtirib berishni 2 ming AQSh dollariga kelishib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 20 ming dollar evaziga 1 gektar yer olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlangani haqida xabar berilgan edi.