Toshkentda 3ta mashina istirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi

  • 18:04 / 04.05.2021
  • 121

Joriy yilning 2-may kuni soat 00:20larda Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumanida haydovchi 1992-yilda tug‘ilgan O.Z. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili chapga qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishdan mast holatda harakatlanib kelayotgan, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.U. boshqaruvidagi Captiva rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormay YTH sodir etgan. 
Natijada Captiva haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib, yo‘l chetida to‘xtab turgan, Sh.M. boshqaruvida bo‘lgan Moskvich-412 bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Moskvich-412 haydovchisi Sh.M. olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan. Nexia-3 haydovchisi O.Z. hamda Captiva haydovchisi Sh.U. va uning yo‘lovchilari 2000-yilda tug‘ilgan A.U. hamda 2001-yilda tug‘ilgan R.N. larga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.