Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  • 09:31 / 16.07.2021
  • 86

Bugun, 16-iyul kuni soat taxminan 9:00 larda Toshkent shahri Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida bir vaqtning o‘zida 5ta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Gentra avtomobili haydovchisi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan avtomobilga yo‘l berish maqsadida tezlikni keskin kamaytirgan va orqasida harakatlanib kelayotgan Spark avtomobili bilan yengil to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Ularning ortidan yana 2ta Spark va bitta Matiz kelib urilgan.

YTHdan jabrlanganlar yo‘q.

Ayni vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan avtomobillarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.