Toshkentda 6 yildan beri yopiq turgan markaziy ko‘cha avtomobillar harakati uchun ochildi

  • 16:49 / 13.04.2021
  • 167

Toshkent shahridagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo‘l avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo‘l 2015-yilning avgustida yopilib, yo‘l ustiga maysazor ekilgan edi. 

Yo‘lning yopilishi 6 yildan beri Ohangaron shossesidan shahar markaziga qarab harakatlanayotganlar uchun katta noqulayliklar tug‘dirgan va tirbandliklarga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

Ilk bor yo‘lni ochish to‘g‘risidagi rejalar yanvar oyida e’lon qilingan. Fevral oyi oxirida Prezident ushbu yo‘lni qurish ishlarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Yangi ochilgan yo‘l hududida piyodalar yo‘lagi va yo‘ldan o‘tish yo‘laklari, avtomobillarni tartibga soluvchi svetofor va yoritish chiroqlari o‘rnatildi.