Toshkentda ekopolitsiya formasi va mashinalari taqdim etildi

  • 09:41 / 19.09.2021
  • 221

Kecha, 18-sentabr kuni Ekoparkda Ekopolitsiya xodimlari uchun uniforma va xizmat mashinalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” nashri.

Qayd etilishicha, ekologik nazorat guruhlari tarkibiga shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, post-patrul xizmati va Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari kiradi.

Nazorat guruhlari O‘zbekistondagi ekologik vaziyatga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan bir kun o‘tib shakllantirilgan. Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari tizimida Ekologik politsiya tashkil etilganligini eʼlon qilgan edi.

Uning vazifasi ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan, noqonuniy daraxt kesish, brakonyerlik, chiqindilarni noqonuniy tashlab ketishning oldini olishdan iborat.

Toshkent IIBB maʼlumotlariga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar hali qayta ishlash va tasdiqlash bosqichida.