Toshkentda fuqaroni $10 mingga “yuridicheskiy”ga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

  • 12:49 / 07.06.2021
  • 65

Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirda fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A. ning ishonchiga kirib, uning jiyanini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.