Toshkentda jamoat transportlari uchun mo‘ljallangan yo‘laklarning dastlabki loyihasi e’lon qilindi

  • 10:41 / 26.03.2021
  • 293

“Toshshahartransxizmat” Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportidan Bobur va Furqat ko‘chalari bo‘ylab Beshyog‘och maydoniga qadar jamoat transporti harakatlanishi uchun ajratilgan yo‘l bo‘lagining dastlabki taklif loyihasi ishlab chiqilgan. 

Loyihaga ko‘ra, yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida yo‘nalishli transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan yo‘l bo‘lishi nazarda tutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, avtobus, tez yordam va o‘t o‘chiruvchi mashinalar uchun alohida yo‘laklar ajratilishi, mazkur yo‘laklarda shaxsiy avtomobillarni haydash taqiqlanishi haqida ma’lum qilingan edi.