Toshkentda jarimani to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha reyd boshlandi

  • 14:35 / 23.06.2021
  • 131

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari mas’ul idora vakillari bilan birgalikda qoidabuzarligi uchun jarimani 60 kun davomida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash ishlari boshlandi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, transport vositalari oqimida jarima to‘lashi shart bo‘lgan haydovchilarni aniqlash AutoKon-SK mobil kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Maxsus tadbirning birinchi kunida poytaxtga kirishdagi yo‘l-patrul xizmati postlarining o‘zidayoq jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan 16 kishi aniqlandi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra, bu kabi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganda transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga qadar jarima maydonchasiga joylanishi mumkin.