Toshkentda ko‘tarilayotgan qum bo‘ronlariga shahardagi qurilishlar sabab bo‘lyapti – O‘zgidromet

  • 11:49 / 03.06.2021
  • 124

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda joylashgan barcha mamlakatlar, ayniqsa, qurg‘oqchil mintaqalarning cho‘l va yarim cho‘l zonalari uchun bu odatiy holat hisoblanadi.

Biroq, 29-may kuni qurg‘oqchil hudud hisoblanmaydigan Toshkent shahrida ham qum bo‘roni kuzatilgan. Buning sababi so‘ralganda, shaharda so‘nggi yillarda qurilish ishlari ko‘paygani va natijada katta miqdordagi chang poytaxt ichiga kirib borayotgani aytilgan.

"Changli bo‘ron atmosferada hosil bo‘ladigan jarayon, bu shamolning katta miqdordagi qum zarrachalarini yer yuzidan uchirishidir", – deb ta‘kidlaydi O‘zgidromet vakili.

 Ma’lumot uchun, avvalroq Andijon, Samarqand, Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol jiddiy talafotlarga sabab bo‘lgani aytilgan edi.