Toshkentda kuchaytirilgan karantinning birinchi kunida 773 qoidabuzar jarimaga tortildi 

  • 10:32 / 19.04.2021
  • 48

Respublika Maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda joriy yil 18-apreldan boshlab karantin choralari kuchaytirilgan edi. 

Toshkent shahrida kuchaytirilgan karantin cheklovlari kiritilganligining dastlabki kunida tibbiy niqobsiz yurgan 773 qoidabuzar jarimaga tortildi. Shuningdek, o‘rnatilgan cheklovlar haqida ogohlantirish yuzasidan 818ta holatda bayonnoma tuzilgan.

Jumladan, IIV bu borada ogohlantirish bilan chiqib, shu kungacha IIB xodimlari karantin qoidabuzarlariga faqat ogohlantirish berib kelganini, endi esa ularga qonuniy va qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, karantinli sharoitda niqobsiz bo‘lganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi.