Toshkentda Lacetti yuk avtomobilining orqasidan “yetib oldi”. Bir kishi halok bo‘lgan

  • 09:15 / 11.06.2021
  • 160

Poytaxtda “Lacetti” avtomobili qizil chiroqda to‘xtab turgan yuk avtomobilining orqa tomoniga urildi.

YHXBBning ma’lum qilishicha, joriy yilning 10-iyun kuni soat 22:00larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY hamda Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan F.E. “Lacetti” rusumli avtomobilni boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, 1976-yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilib YTH sodir etgan.

Natijada, “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi F.E. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

O‘z navbatida, Toshkent shahar IIBB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘radi.