Toshkentda mushakbozlik paytida yonayotgan salyut odamlar orasiga tushdi. Hodisaga rasmiy izoh berildi

  • 10:25 / 11.05.2021
  • 113

2021-yil 10-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bayram munosabati bilan uyushtirilgan mushakbozlik paytida yonayotgan mushak odamlar orasiga tushgani aks etga videolavhalar tarqaldi. Hodisa bo‘yicha Mudofaa vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mushakbozlik paytida, Olmazor tumanining Ziyo va Shifonur ko‘chalari chorrahasida mushakning yonayotgan bo‘lagi odamlar gavjum yerga tushgan.

Mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, yonayotgan element yerga tushishi bilan o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q va yong‘in holatlari sodir bo‘lmagan.