Toshkentda oshxona yonib ketdi. Yong‘in 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi tomonidan bartaraf etilgan

  • 14:45 / 26.07.2021
  • 346

Bugun, 26-iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Kelib tushgan xabar bo‘yicha voqea joyiga FVVning 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etilgan. 

“Yong‘in soat 13:33da o‘rab olindi va soat 14:31 batamom o‘chirildi. Voqea joyiga FVV rahbariyati yetib borgan”, – deyiladi vazirlik xabarida. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Ma’lumot uchun, binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yong‘indan zararlangan.