Toshkentda o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi

  • 20:42 / 15.09.2021
  • 194

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Boshliq dahasidagi 9 qavatli binoning 8-qavati yo‘lagi derazasidan ayol o‘zini pastga tashlashga urindi. Bu haqda IIV birlashgan tahririyati “Postda.uz” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa guvohlari darhol IIBB xodimlariga xabar bergan. Yakkasaroy tumani 1-sonli IIB boshlig‘i, podpolkovnik Shavkatboy Matanov pastga sakrashga urinayotgan ayolni chalg‘itib, uni ichkari tomonga tortib olib, ayolni qutqarib qolgan.

Qayd etilishicha, so‘ng uning ruhiy holatini o‘rganish va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib borilgan.