Toshkentda qator ko‘chalar yopiladi

  • 09:33 / 17.04.2021
  • 532

Duatlon bo‘yicha havaskor va professionallar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar quyidagi ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi:

1) To‘liq yopilish: Zulfiyaxonim ko‘chasi – Labzak ko‘chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo‘ligacha;

2) To‘liq yopilish: Nurafshon aylanma yo‘li – Zulfiyaxonim ko‘chasidan Sharof Rashidov shox ko‘chasigacha (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi);

3) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shox ko‘chasi – Osiyo ko‘chasidan (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi) Аbdulla Qodiriy ko‘chasigacha (“Jasorat” haykali);

4) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Аbdulla Qodiriy koʼchasi – Sharov Rashidov shox ko‘chasidan (“Jasorat” haykali) Labzak ko‘chasigacha (“Аnhor-Lokomotiv” bog‘i).