Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  • 15:22 / 09.04.2021
  • 91

IIV YHXBB Axborot xizmati Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida bugun, 9-aprel kuni soat 10:00larda avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar qildi.

YTHda 23 yoshli F.M. boshqaruvidagi Lacetti, 31 yoshli R.F. boshqaruvidagi Damas hamda 43 yoshli D.A. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobillar ishtirok etgan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. 

Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.