Toshkentda UzAuto Motors monopoliyasi haqida chizilgan strit-art o‘chirib tashlandi

  • 18:46 / 06.09.2021
  • 215

Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanida @inkuzart taxallusi bilan ijod qilib keluvchi ko‘cha rassomi Abdurahmon Umarov tomonidan chizilgan “Monopoliya” sarlavhasi ostida strit-art paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Keyinroq esa ijodkor o‘zining Telegram kanali orqali ushbu strit-artning katta qismi ustidan bo‘yalib, o‘chirib tashlanganini ma’lum qildi.

Hozirda @inkuzart tomonidan chizilgan ushbu rasm to‘liq o‘chirib tashlangani tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ijodkorning o‘z Telegram kanalida e’lon qilgan kadrlarda avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun yuzaga kelayotgan uzundan uzoq navbat tasvirlangan. Shuningdek, u ushbu navbatlardagi “shapka”larga ham ishora qiladi (navbat boshida turgan insonning qizil bosh kiyimida tasvirlanishi).