Toshkentda YPH xodimini haqoratlagan fuqaroga nisbatan chora ko‘rildi

  • 18:49 / 12.04.2021
  • 86

2021-yil 11-aprel kuni taxminan soat 20:40 da Mirobod tumani Nukus va Glinka ko‘chalari kesishmasida kechki vaqtga qaramasdan 32 yoshli Sh.I. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobilni yorug‘lik moslamalari yoqmasdan harakatlangani inspektor tomonidan aniqlanib, unga to‘xtashga ishora beriladi. 

Ammo haydovchi YPX xodimining talabiga bo‘ysunmasdan harakatlanishda davom etadi. Inspektor bu haqda yo‘nalish bo‘yicha xizmat olib borayotgan xodimlarga ratsiya orqali xabar beradi.

Natijada transport vositasi Nukus ko‘chasidagi Makro supermarketi yonida to‘xtatilgan. 

Haydovchi to‘xtatilgani uchun YPX xodimining harakatlariga norozilik bildirib, inspektorni haqoratlagan. 
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, haydovchiga nisbatan MJTKning 194-moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, uning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi.