Toshkentdagi “16 fevral voqealari” bo‘yicha sudlangan 5 nafar shaxs oqlandi

  • 13:58 / 24.07.2021
  • 345

Bugun, 24-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida 1999-yil 16-fevral voqealariga aloqadorligi yuzasidan sudlangan 5 nafar shaxsga oqlov hukmi e’lon qilindi.

Oqlangan 5 nafar fuqaroga 1999-yilda 3 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan edi.  

1999-yilda o‘tan sud hukmidan norozi bo‘lgan 5 nafar shaxs oradan 22 yil o‘tib, sudga appelyasiya shikoyati bilan murojaat qilganlar. 

22 yil avval ularga Jinoyat kodeksining 208-moddasi ya’ni Hokimiyat harakatsizligi, ya’ni davlat organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi  bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Shuningdek, ular 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9-Mayni Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon kilinishi munosabati bilan amnistiya farmonini 2-moddasi tadbiq etilib, tayinlangan jazoni o‘tashdan ozod qilingan.