Toshkentdagi eng katta to‘yxonalardan biri – “Versal” sotildi

  • 10:55 / 15.06.2020
  • 2059

 Toshkentdagi eng katta to‘yxonalardan biri sifatida xizmat ko‘rsatib kelgan “Versal” restorani binosi narxlarni oshirib borish usulida ochiq auksionda 35,33 mlrd. so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra elektron onlayn-auksion natijalari bo‘yicha “Diamond Drinks Co” MCHJ auksion g‘olibi deb topilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, muqaddam ushbu obyekt "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK taʼsischiligidagi "Tantana Servis" MCHJga qarashli bo‘lib, to‘yxona, restoran va xizmat ko‘rsatish kabi faoliyat turlarini olib borgan. Umumiy maydoni 0,34 ga, shu jumladan qurilish maydoni 6585 metr vadrat maydonni tashkil qiladi.