Toshkentdagi metroda to‘y qilgan tik-tokchilar jazolandi

  • 14:29 / 20.04.2021
  • 82

Toshkent metropolitenining vagonida bir guruh yoshlar jamoat tartibini buzgan holda “to‘y marosimi” o‘tkazib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. IIV tomonidan ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlanib, tergovga chaqirilgan.

Qayd etilishicha, yoshlar jamiyatda yurish-turish va karantin qoidalari qo‘pol tarzda buzgan.
Qoidabuzarlarning har biriga Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani Jinoiy ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan MJTKning 183, 54 va 115-moddalari bilan jami BHMning 4 barobari (980 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.