Toshkentdan “Tashmore”gacha tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

  • 16:35 / 12.10.2021
  • 106

Toshkent shahridan “Toshkent dengizi”gacha tezyurar avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yil 11-oktyabr kuni shu mazmundagi Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining "Xalqaro tajribani keng qo‘llash bilan Toshkent viloyatida jamoat transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori viloyat hokimi Davron Hidoyatov tomonidan imzolandi. 

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligi poytaxt va "Toshkent dengizi" oralig‘ida tezyurar avtobus (BRT) loyihasini amaliyotga tadbiq etish maqsadida uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun arxitektorlar, muhandislar, rejalashtiruvchi mutahassislarni jalb etmoqda.

Qarorda qayd etilishicha, loyihaning konsepsiyasi allaqachon ishlab chiqilgan. Uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun viloyat byudjetining orttirib bajarilgan qismidan 6,9 milliard so‘m ajratish ham rejalashtirilgan.