Toshkentga kirish bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovning bekor bo‘lishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

  • 14:09 / 28.06.2021
  • 369

Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlar hududidan kirish bilan bog‘liq cheklovning bekor bo‘lishi haqida tarqalgan xabar IIV tomonidan rasman rad qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasining Toshkent shahriga kirish-chiqish bo‘yicha rasmiy cheklovlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar faqatgina rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi”, – deyiladi IIV Matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 27-iyun kuni tunda shaharga kirsh yo‘llarida to‘siqlarni joriy etmaslik bo‘yicha topshiriq kelgani va Maxsus komissiyaning Toshkentga kirishni cheklash bo‘yicha qarori yangi qaror bilan bekor qilinishi kutilayotgani aytilgan xabar tarqalgan edi.