Toshkentning 10ta ko‘chasida pulli “stoyanka” lar quriladi

  • 14:32 / 27.03.2021
  • 168

Hukumatning Toshkent shahri markaziy ko‘chalarida pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etishga oid qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mazkur parkomatlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Bunda parkomatlardan foydalanganlik uchun to‘lovni oldindan naqd va naqd bo‘lmagan shaklda amalga oshirishi lozim. Bunda foydalanuvchi parkomat o‘rnatilgan joydan 10 daqiqa mobaynida bepul foydalanish huquqiga ega.

Foydalanuvchi avtomobilni saqlash uchun parkomatda to‘langan muddat o‘tgandan so‘ng avtomobilni olib chiqib ketishi yoki keyingi muddatga to‘lovni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi kerak.

Parkomatlardan bepul foydalanish huquqi faqat I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar boshqarayotgan avtomobillarga hamda maxsus avtomobillarga ular bevosita avtomobil to‘xtash joyi hududida o‘z xizmatlarini o‘tayotgan vaqtda beriladi.