Trampning pokistonlik qiyofadoshi qoʻshiq aytib internet yulduziga aylandi (video)

  • 15:11 / 14.06.2021
  • 407

Pokistonning Saxival shahri koʻchalarida muzqaymoq sotayotgan Tramp qiyofadoshi qoʻshiq aytib internet yulduziga aylandi. Uning milliarderga oʻxshash ekanligi koʻpchilikning eʼtiborini tortgan.

Internet tarmogʻida eʼlon qilingan videolavhada erkak muzqaymoqning mazasi va oʻz mahsulotining tarkibi haqida urdu tilida qoʻshiq aytayotgani aks etadi. Xorijiy nashrlar erkakning ovozida biroz farq boʻlsa ham, tashqi koʻrinishi va xatti-harakatlari Trampga juda oʻxshash ekanligini taʼkidlashgan.

Pokistonlik sotuvchining AQSh sobiq prezidentiga oʻxshab ketishi internet foydalanuvchilarini ham befarq qoldirmagan. Ularning ayrimlari videorolik tagiga “Trampning yangi biznesi”, “Tramp Pokistonga koʻchib ketdi” qabilidagi hazilomuz izohlar qoldirishgan.