Tuman (shahar) hokimligiga nomzodlar tuman kengashida ko‘pchilik ovoz olgan partiya tomonidan ko‘rsatiladi – Mirziyoyev

  • 12:01 / 09.09.2021
  • 104

Bugun, 9-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDePning X qurultoyida prezidentlikka nomzod sifatida ishtirok etib, o‘z saylovoldi dasturini e’lon qildi.

Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bilan tanishtirib, jumladan, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlashda yangi tartib amal qilshini ta’kidladi. 

Unga ko‘ra, tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi.

Bundan tashqari:
– daraxt kesishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi. Bundan buyon, parklar va yashil zonalar hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan taqiqlanadi;
– Toshkent – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi;
– talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;
– O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqamiz;
– Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar qo‘yiladi;
– mamlakatni havo hujumidan himoya qilish tizimi ham davr talablaridan kelib chiqib yanada kuchaytiriladi.