Turkiya 29-apreldan to‘liq yopilmoqda 

  • 07:15 / 27.04.2021
  • 269

Turkiyada koronavirus cheklovlarining qat’iy rejimi joriy etildi. Mamlakat prezidenti o‘lkadagi aksariyat muassasalar yopilishi va viloyatlararo harakat to‘xtatilishini e’lon qildi. Bunga so‘nggi kunlarda mamlakatda bir sutka ichida o‘n minglab koronavirus bemorlari ro‘yxatga olingayotgani sabab bo‘lgan. 


"Koronavirus epidemiyasining avj olishi tufayli 29-apreldan boshlab 17-mayga qadar Turkiya to‘liq lokdaunga kiritiladi", dedi davlat rahbari. 

Rajab Tayip Erdog‘an Ramazon oyida koronavinus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani, kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish lozimligini ta’kidlagan. "Biz bir sutka ichida kasallanganlar sonini 5 mingtadan kamaytirishimiz kerak", dedi prezident bu haqida.  

29-apreldan 17-mayga qadar Turkiyada: 
  viloyatlararo safarlarga cheklov o‘rnatiladi, bir viloyatdan ikkinchisiga borish uchun ruxsatnoma talab etiladi;
  maktablarda kunduzgi ta’lim to‘xtatiladi, bog‘chalar yopiladi;
  jamoat transportining yo‘lovchilar bilan to‘liqlilik holati 50 foizdan oshirilmaydi;
  aksariyat muassasalar yopiladi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ro‘yxatga kiritilganlari bundan mustasno;
  cheklovlar 29-aprel, payshanba kuni 19:00 dan boshlab 17-may sanasi, soat 5:00 ga qadar amalda bo‘ladi.