Turkiyada oʻrmon yongʻinlari kimlar tomonidan uyushtirilganligi ma'lum boʻldi

  • 09:21 / 03.08.2021
  • 588

"Olov farzandlari" tashkiloti Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlarini uyushtirganini tan oldi. Bu haqida Turkiyaning Yeni Şafak gazetasi xabar bermoqda. 
Nashriyotning xabar berishicha, ushbu tashkilot Turkiya hukumati tomonidan ekstremistik tashkilot sifatida qayd etilgan "Kurdiston ishchi partiyasi" bilan aloqador.

Tashkilotning davosiga koʻra, "hukumat bundan boshqa munosabatni tushunmaydi, uni olov bilan tiz choʻktirish payti kelgan". Hozircha, Turkiya hukumati bu masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.