Turkiyada o‘t o‘chiruvchi samolyot halokatga uchradi

  • 13:13 / 15.08.2021
  • 227

Aljazeera nashri bergan xabarga ko‘ra, samolyot bortida 8 kishi bo‘lgan va ularning voqea joyida vafot etgan. Halok bo‘lgan shaxslarning 5 nafari rus harbiysi va 3 nafari Turkiya fuqarosi bo‘lgan. 

Turkiyaning Anadolu agentligi voqea joyiga qidiruv guruhi yuborilganini ma’lum qilgan. Hozircha hodisaga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan. 
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘rmon yong‘inlari iyul oyi oxirida boshlangandi. Yong‘inlar asosan dengizga yaqin joylashgan hududlarga tarqalgan va minglab akrlab o‘rmonlarni o‘z ichiga olgan. 

Turkiya o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli oxirgi 16 kun ichida 299 ta olov o‘choqlari nazoratga olinganini ma’lum qilgan.