Turkiyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar soni 58 nafarga yetdi

  • 15:24 / 15.08.2021
  • 250

Reuters nashri bergan xabarga ko‘ra, Turkiyaning Qora Dengiz yaqinida joylashgan hududlarida suv toshqinlari oqibatida 58 kishi halok bo‘lgan. Bu Turkiyada avgust oyining o‘zida yuz bergan ikkinchi tabiiy ofat hisoblanadi.

Toshqinlar o‘rmon yong‘inlari kamayishni boshlagan paytda yuz bergani qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda muammolarni yuzaga keltirgan. Kastamonu provinsiyasining o‘zida 48 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Sinop shahrida 9 kishi va Bartin shahrida 1 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan. Shuningdek, 2000 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.