Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarida kamida 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan – video

  • 14:56 / 02.08.2021
  • 407

Turkiya butun mamlakat boʻylab yoyilgan oʻrmon yongʻinlari bilan kurashishda davom etmoqda. 

Hozirda 120 dan ortiq yongʻinlar nazorat ostiga olingan, lekin mahalliy va xalqaro oʻt oʻchiruvchilar yana 7 ta kuchli yongʻinlarni oʻchirishga harakat qilmoqda. 

Hozirga qadar 8 nafar inson halok boʻlgani ma’lum qilindi. 

Dam olish kunlarida Bodrum va Marmarid hududlarida yongʻinlar qirgʻoqqa yaqinlashib qolgani tufayli mahalliy aholi va sayyohlar xususiy kemalarda uylarini tark etishga majbur boʻldi. 

Qasddan oʻrmon yongʻinlari uyushtirishda gumon qilingan shaxs hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandan soʻng tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.