Turkiyadagi sayyohlar komendantlik soati cheklovlaridan ozod qilinadi 

  • 10:20 / 28.04.2021
  • 143

Turkiya 29-aprel sanasidan 17-mayga qadar to‘liq yopiq holatda bo‘lishi va karantin choralari kuchaytirilishini ma’lum qilgan edi. Mamlakatning Ichki ishlar vazirligi ushbu chora-tadbirlar xorijlik sayyohlarga taalluqli emasligini aytib o‘tdi. 

“Mamlakatga sayyoh sifatida kelganlar komendantlik soati cheklovlaridan ozod qilinadi. Bu yerda yashash huquqiga ega bo‘lgan xorijliklar esa komendantlik soatiga amal qilishlari kerak” deyiladi xabarda. 

Lokdaun davrida oziq-ovqat do‘konlari soat 10.00 dan 17.00 gacha ishlaydi. Fuqarolar do‘konlarga piyoda borib kelishlari mumkin. Navbatchi dorixonalar o‘z faoliyatini davom ettiradi, kafe va restoranlardan esa tayyor ovqatni olib ketishga ruxsat beriladi. Mehmonxonalar ichidagi restoranlar bu yerda yashovchi odamlar uchungina xizmat ko‘rsatadi.