Turkmaniston prezidenti o‘g‘liga o‘z otini sovg‘a qildi

  • 16:18 / 07.06.2021
  • 272

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovga axaltekin zotli 3 yoshli otini sovg‘a qildi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, Tengrinews xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat rahbari sovg‘ani Axaltaka ot sporti majmuasiga tashrifi chog‘ida hadya qilgan.Turkmaniston rahbariga ushbu ot aprel oyida nishonlanadigan Axaltaka ot kuni va Turkman alabay kunini nishonlash paytida mamlakatning ot boquvchilari tomonidan sovg‘a qilingan edi.

Ta’kidlanishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Axaltaka ot boqish xalqaro assotsiatsiyasi va Turkman alabay xalqaro assotsiatsiyasi rahbari sifatida ushbu otning egasi bo‘lishga har tomonlama loyiq ekanini aytgan.
 
Turkmaniston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ayg‘irga berilgan Xankerven nomi chuqur ma’noga ega, bu muqaddaslik va hayotning davomi degan ma’noni anglatadi.