Turkmaniston prezidentining otasi vafot etdi

  • 09:40 / 19.04.2021
  • 57

18-aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Malikguli Berdimuhamedov 89 yoshida vafot etdi.
Malikguli Berdimuhamedov 1932-yil 12-avgust kunida tug‘ilgan  edi. 

Malikguli Berdimuhamedov keyinchalik mamlakat Ichki ishlar vazirligi organlarida ishlab, Toshhovuz, Mari, Ashxobod shaharlarida turli lavozimlarni egallagan, xususan, guruh qo‘mondoni, otryad boshlig‘i boʻlgan, navbatchilik qismiga, kadrlar boʻlimiga rahbarlik qilgan, shtab boshlig‘i bo‘lgan.

1982-yilda podpolkovnik unvoni bilan iste'foga chiqqan edi.
Ma'lumot uchun, 2012-yil fevralida Turkmaniston Majlisi (parlamenti) qarori bilan, poytaxtdagi 1001-sonli harbiy qismga Malikguli Berdimuhamedov nomi berilgan edi.