Turmush o‘rtog‘iga qarashli fermer xo‘jaligidan $5 mingga yer sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

  • 12:00 / 07.06.2021
  • 54

Samarqand viloyati Tayloq tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli 10 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda Tayloq tumani “T.D.” fermer xo‘jaligi ishchisi Yu.J. o‘zining turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi mazkur fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 10 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ayni paytda esa, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.