Uchta OTM karantinga yopildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalari orasida kasallik aniqlangan

  • 09:53 / 20.04.2021
  • 131

Xabardor.uz

Kecha, 19-mart kuni Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi 3ta OTM ta’limni onlayn shaklda masofaviy davom ettirishini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tgan hafta mobaynida ba’zi kam sonli talabalar orasidan koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Kasallikning talaba va o‘qituvchilar orasida tarqalishini oldini olish maqsadida universitetda o‘quv jarayoni 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida ham koronavirusga chalinganlar aniqlangani sababli, bugun, 19-apreldan universitetda o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilishiga qaror qilingan.

Bundan tashqari, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ham talabalar orasida kasallanish holatlari aniqlangan. Shu sababli bugun, 20-apreldan 14 kunga institutda o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilishiga qaror qilindi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, mazkur OTMlarda an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish borasida qo‘shimcha xabar beriladi.