UEFA prezidenti javobgarlikka tortilishi mumkin

  • 21:47 / 20.09.2021
  • 120

Sud UEFAga 5 kun ichida Superliga taʼsischi klublariga qoʻyilgan sanksiyalarni bekor qilish uchun koʻrsatma berdi. Bu haqda Soccernews xabar berdi.

Bosh hakam Manuel Ruis de Lara UEFAga Superliga taʼsischi klublariga qoʻyilgan sanksiyalarni bekor qilish va buni tashkilot rasmiy saytida tasdiqlash uchun 5 kunlik muddat berdi.

Aks holda, tashkilot prezidenti Aleksandr Cheferin “jinoiy itoatsizlik” uchun javobgarlikka tortiladi.

Madrid tijorat sudi oʻz bayonotida “UEFA Yevropa Ittifoqida professional futbol musobaqalarini tashkil etish uchun tegishli bozorda erkin raqobat tamoyiliga putur yetkazadigan amaliyotlarni ochiq targʻib qilib, qonun tashqarisida harakat qilmoqda”, deya maʼlum qiladi.