UEFA Yevro-2020ning ramziy terma jamoasini e’lon qildi 

  • 17:01 / 13.07.2021
  • 268

UEFA yakunlangan Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasini e’lon qildi

Unga ko‘ra, ramziy terma jamoadan ikki finalchi jamoa, Angliyadan 3 nafar, Italiyadan 5 nafar futbolchilar o‘rin olishdi. Ramziy terma jamoa tarkibi quyidagicha:

Darvozabon: Janluiji Donnarumma (Italiya)

Himoyachilar: Leonardo Spinassola (Italiya), Garri Maguayr (Angliya), Leonardo Bonuchchi (Italiya), Kayl Uoker (Angliya)

Yarim himoyachilar: Pedri (Ispaniya), Jorjinyo (Italiya), Pyer-Emil Xeyberg (Daniya)

Hujumchilar: Rahim Sterling (Angliya), Federiko Kyeza (Italiya), Romelu Lukaku (Belgiya).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhoScored nashri ham o‘z talqini bo‘yicha, Yevropa chempionati ramziy terma jamoasini tuzgan edi.