UEFA Yevropa chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar sonini ko‘paytirmoqchi

  • 10:10 / 12.07.2021
  • 158

UEFA 2028-yilgi Yevropa chempionatidan boshlab jamoalar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqadi.

UEFA Yevropa chempionati ishtirokchilari sonini 24tadan 32taga yetkazish variantini o‘rganmoqda, deya xabar bermoqda Associated Press.

Ma’lum bo‘lishicha, bu haqda qaror 2023-yilgacha qabul qilinishi kerak va o‘zgarishlar 2028-yildan kuchga kirishi mumkin.

Birgina 2016-yilning o‘zida musobaqa 16tadan 24ta jamoaga kengaytirilgan edi. Endi UEFA tashkilotga a’zo bo‘lgan 55 mamlakatdan 32tasining musobaqada ishtirok etish imkoniyatini tahlil qilmoqda.

Agar jamoalar sonini ko‘ytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, saralash uchun kvalifikatsiyani qayta ko‘rib chiqish yoki uni bekor qilish kerak bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tish mumkin, 2026-yilgi Jahon chempionatidan boshlab musobaqada 32ta emas, 48ta jamoa ishtirok etadi.