UFC’da ilk bor meksikalik jangchi chempionga aylandi 

  • 18:17 / 13.06.2021
  • 126

Oqshom dasturidan ikkita chempionlik jangi o‘rin olgan edi.

Bugun navbatdagi UFC kechasi bo‘lib o‘tdi. AQShning Arizona shtati, Glendeyl shahrida tashkil etilgan “UFC 263” turniri dasturidan ikkita chempionlik jangi o‘rin olgan edi.

Ulardan birida o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya Marvin Vettoriga qarshi himoya jangi uchun oktagonga ko‘tarildi va ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritgan holda, chempionlik unvonini saqlab qoldi. 

So‘ngra, kechaning anderkard jangida qahramonga aylangan, yengil vazn toifasida chempionlik kamari uchun mutlaq da’vogar, meksikalik Brendon Moreno aynan shu vazn toifasi chempioni bo‘lib kelgan braziliyalik Deyveson Figeredo bilan kurash olib bordi.

Muddatidan avval yakunlangan jangda, Moreno raqibini bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi. Shu tariqa 27 yoshli jangchi UFC chempioniga aylangan dastlabki meksikalikka aylandi.

Qayd etish joiz, Brendon hamda Deyveson o‘rtasidagi mazkur olishuv o‘zaro ikkinchi qarama-qarshilik hisoblanib, ularning dastlabki jangida durang natija qayd etilgan.

Teglar