Urganchda bronzadan yasalgan dunyodagi eng katta ot o‘rnatiladi

  • 12:14 / 18.04.2021
  • 90

Urganch shahrida qad rostlaydigan ot hozirda Rossiyaning Podmoskovye hududida yaratilmoqda. 

Monumentning balandligi 25 metr, uzunligi 30 metrga teng. U Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkin.
Faqatgina Mo‘g‘ulistondagi otning – Chingizxon haykali bilan birga balandligi 50 metr, ammo u bronzadan yasalmagan. Shubhasiz, ushbu yodgorlik Ginnesning rekordlar kitobiga bronzadan yasalgan eng katta ot sifatida kiritiladi.

Loyiha muallifi Vitaliy Kazanskiy aytishicha, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi va uning tulporidan iborat ulkan monumentni ko‘rgan turkiyalik haykaltaroshlar biz bundan ham ulkanroq haykal yasaymiz deyishgan.

Rossiyalik mutaxassislar Manguberdining yuz tuzilishini o‘zbekistonlik haykaltaroshlar maslahatlashgan holda ishlab chiqishgan.