Usik va Joshua o‘rtasidagi jang sanasi ma‘lum bo‘ldi

  • 22:45 / 26.06.2021
  • 195

Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Entoni Joshuaga qarshi 25-sentyabr kuni ringga chiqadi, deb xabar beradi The Sun.

Professional ringda ukrainalik bokschi 18 ta jang o‘tkazgan va ularning har birida u g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan. Janglar 13 tasida u nokaut bilan g‘alaba qozongan.

Entoni Joshua Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) tomonidan jahon chempioni hisoblanadi.  U 25 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 24 tasida g‘alaba qozongan (22 tasi nokaut bilan) va bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

 Oxirgi jangida britaniyalik Bolgariya vakili Kubrat Pulevni mag‘lubiyatga uchratgan edi.