“Uxlayman va sayr qilaman”: Angela Merkel kanslerlikdan ketgach nima bilan shugʻullanmoqchi ekanligini aytdi

  • 17:55 / 05.05.2021
  • 283

Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimidan ketgach, qanday ishlar bilan mashgʻul boʻlmoqchi ekanligi haqidagi savolga javob berdi. Uning aytishicha, ayni paytda bu haqida jiddiy oʻylab koʻrishga vaqti yoʻq, lekin oʻsha kunlarni sabrsizlik bilan kutyapti.

“Hozirgi pandemiya davrida ishlash mendan juda koʻp vaqt talab qilmoqda, shuning uchun lavozimdan ketgach, nima qilishimni oʻylab koʻrishga vaqt yoʻq. Eng avvalo uxlayman, tabiat qoʻynida ozroq sayr qilaman va shundan keyingina qanday ish bilan mashgʻul boʻlishim haqida jiddiy oʻylab koʻraman. Buni sabrsizlik bilan kutyapman, hozircha esa oʻz ishimni zavq bilan bajarmoqdaman” dedi Merkel.

Maʼlumot uchun, joriy yilning sentyabr oyida mamlakatda parlament saylovlari oʻtkaziladi.