“Uyda yolgʻiz” filmining yangi versiyasi treyleri eʼlon qilindi

  • 10:02 / 13.10.2021
  • 113

“Disney” kompaniyasi “Uyda yolgʻiz” filmining yangi versiyasi treylerini taqdim qildi. Filmning yangi versiyasiga “Home, sweet home alone” deb nom berilgan. Treyler Youtube platformasidagi “20th Century Studios” kanalida eʼlon qilingan.

Ushbu filmdagi syujet ham filmning eski versiyasini yodga soladi. Bayram arafasida uyda unutib qoldirilgan bolakay mol-mulkini oʻgʻrilardan himoya qilishga kirishadi. Bosh qahramon rolini 13 yoshli aktyor Archi Yeyts ijro etgan.

Film remeyki rejissyor Den Meyzer tomonidan suratga olingan. Uning taqdimoti 12-noyabr sanasida “Disney+” striming platformasida boʻlib oʻtadi.