$
12736.48 UZS
-21.17
137.60 UZS
-0.45
14193.53 UZS
-74.63
25° Kechasi 10°

UzAuto Motors 2022-yilning yozidan Tracker’ni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

11:19 / 24.12.2021

UzAuto Motors kompaniyasi 2022-yilning yozidan Tracker’ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Oldinroq Asakadagi avtozavodda mazkur mashinaning birinchi test versiyasi ishlab chiqarilgan.

“Hozirda konveyerni sozlash va avtomobillarni testdan o‘tkazish jarayonlari ketmoqda”, — deyiladi kompaniya xabarida.

“Gazeta”ning ma’lum qilishicha, avtomobil modeli Global Emerging Markets (GEM) yagona byudjet platformasida kichik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi kamida 50 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

“Ammo biz ushbu ko‘rsatkichni oshirib boramiz”, – deydi ishlab chiqaruvchilar.

Ishlab chiqarish hajmi yiliga kamida 80 ming avtomobilni tashkil etishi aytilmoqda. Hozircha mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi tayyor holda import qilinadigan Tracker modelidan qanchalik farq qilishi ma’lum qilinmagan.

“Avtomobilning haqiqiy narxi haqida faqatgina tannarxi aniq bo‘lgach, gapirish mumkin. So‘nggi yillarda bunga logistika va import qilinadigan mikrochiplarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq vaziyat katta ta’sir ko‘rsatmoqda”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi.

UzAuto Motors’ning Asakadagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturi doirasida qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassis jalb qilingan.


Bu ham qiziq

1968-yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan yaponiyalik odam oqlandi

1968-yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan yaponiyalik odam oqlandi

1968-yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan yaponiyalik odam oqlandi
17:01 / 26.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara tuzishning iloji yo‘qligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara tuzishning iloji yo‘qligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji yo‘qligini aytdi.
11:01 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish…
14:22 / 25.09.2024
Qo‘ng‘irotda 2 222 litr dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilinishining oldi olindi

Qo‘ng‘irotda 2 222 litr dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilinishining oldi olindi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
16:07 / 26.09.2024
“Bizni ichki ishlarimiz haqida boshqotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa to‘g‘ri bo‘lar edi” – Qodirov

“Bizni ichki ishlarimiz haqida boshqotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa to‘g‘ri bo‘lar edi” – Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov Mariya Zaxarovaga javob qaytardi.
12:35 / 26.09.2024
Ko‘mir sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan rahbar aniqlandi

Ko‘mir sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan rahbar aniqlandi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
18:04 / 26.09.2024
Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzil…
17:47 / 25.09.2024
O‘zbekiston prezidenti Qatar delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Qatar delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ishtirok etay…
21:10 / 25.09.2024
“Okkupatsiyada ukrainaliklar qiynoqqa solingani bo‘yicha yangi dalillar topildi” — BMT

“Okkupatsiyada ukrainaliklar qiynoqqa solingani bo‘yicha yangi dalillar topildi” — BMT

Rossiya tomonidan Ukrainaning egallangan hududlarida harbiy asirlar va tinch fuqarolar Rossiya tomonidan tayinlangan mahalli…
17:56 / 25.09.2024
Kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi

Kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi

Joriy yilning 24-sentyabrida Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksalti…
10:10 / 26.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!