$
12736.48 UZS
-21.17
137.60 UZS
-0.45
14193.53 UZS
-74.63
25° Kechasi 10°

Kun tarixi: 24-dekabr – Optimizm kuni. Nima uchun hayotda optimist boʻlish muhim va optimizm tomon 3 qadam

11:54 / 24.12.2021

Har yilning 24-dekabr kuni butun dunyoda optimistlar kuni nishonlanishidan xabaringiz bormi? Ushbu bayramni aynan kim oʻylab topgani aniq emas. Ammo, uni ajoyib bayram deb ishonch bilan aytish mumkin.

Nima uchun hayotda optimizm muhim?

Optimizm har doim ijobiy hayollar bilan yurish, kulib yashashga imkon beradi. Optimist insonlar maqsadlari tomon har qachon ildam qadam tashlashga oʻzlarida kuch topa olishadi, hamma narsadan yaxshi natija kutishadi. Bu esa ularni pessimistlarga nisbatan baxtliroq hayot kechirishlariga imkon beradi.

Optimistlar koʻproq umr koʻrishadi

Har doim yaxshi narsalar haqida oʻylab, yaxshilikka umid qilib yuradigan odamlarning salomatligi boshqalarnikiga nisbatan yaxshiroq boʻlishi fanda isbotlangan. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, optimistlar pessimistlarga nisbatan oʻrtacha hisobda 10 yilga koʻproq umr koʻrishadi. Optimistlar salomatliklari bilan bogʻliq muammolar kelib chiqqan holatda ham uni bartaraf etish uchun choralar koʻra boshlashadi, pessimistlar esa koʻp hollarda kasalliklardan tushkunlikka tushib qolishadi.

Optimistlarning muhabbat bobida omadlari koʻproq chopadi

Juftliklardan hech boʻlmasa birining optimist ekani munosabatlarning mustahkam va davomli boʻlishini taʼminlaydi. Optimistlar hamma narsani, atrofdagi odamlarni ham mukammallashtirishga harakat qiladi, bu ularning boshqalarga nisbatan baxtliroq yashashlariga yordam beradi. Ular tanlagan yorlaridagi kamchiliklarga koʻz yuma olishadi, pessimistlarda esa buning teskarisi kuzatiladi.

Optimistlar hayotda koʻproq narsalarga erishishadi

Aynan mana shu mavzuda suzish bilan shugʻullanuvchi sportchilar orasida tadqiqot oʻtkazilgan. Birinchi urinishda murabbiy ularga notoʻgʻri natijalarni eʼlon qilgan, har bir ishtirokchining natijasiga 2 soniyadan vaqt qoʻshib aytilgan. Natijalar ularning barchasini birday xafa qilgan.

Ikkinchi urinishda pessimistlar avvalgiga nisbatan 1,6% ga sekinroq, optimistlar esa 0,5% tezroq suzganlari qayd etilgan.

Qanday qilib optimistga aylanish mumkin? Optimizm tomon 3 qadam

1. Kuningizni yaxshi kayfiyatda boshlang. Uygʻonganingizdan keyin bir necha daqiqa davomida yaxshi narsalar toʻgʻrisida oʻylang, sizga baxt hissini bera oladigan odamlar va narsalar haqida xayol qiling. Tonggi kayfiyat kun davomida ham saqlab qolishiga aslo shubha qilmang.

2. Atrofingizdagi pessimist odamlardan uzoqlashing. Bizni qurshab turgan odamlar ruhiy holatimizga ham juda katta taʼsir koʻrsatadi. Biz ulardan ijobiy quvvat bilan bir qatorda salbiy quvvatni ham tortib olamiz. Kun davomida hayotdan noliydigan odam bilan birga boʻlsangiz, tez orada sizda optimizm ruhidan asar ham qolmaydi. Har doim optimistlar davrasida boʻling, pessimistlardan esa uzoqlashing.

3. Shukrona ayting. Bugungi holatingiz, salomatligingiz, atrofingizdagi odamlar, hayotingizdagi imkoniyatlar uchun shukrona ayting. Tinimsiz ravishda shukrona aytish – dunyoqarashingizni tubdan oʻzgartirib yuborishga qodir. Bu oʻzingizni har doim his qilishga, diqqatingizni ijobiy narsalarga qaratishga yordam beradi.


Qiziqarli


														
														Dubayda 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik millionerlar borligi aniqlandi

Dubayda 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik millionerlar borligi aniqlandi

Dubayda qiymati milliard dollardan ortiq ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar borligi aniqlangan.
14:58 / 15.09.2024

														
														Pingvinlarni o‘girib qo‘yish — noyob kasblardan biri

Pingvinlarni o‘girib qo‘yish — noyob kasblardan biri

Ushbu kasb faqat bir nechtagina insonga tegishlidir.
15:39 / 14.09.2024

														
														iPhone 16 qanday xususiyatlarga ega va uning narxi qancha?

iPhone 16 qanday xususiyatlarga ega va uning narxi qancha?

It’s Glowtime taqdimoti doirasida Apple yangi iPhone 16 (Plus, Pro, Pro Max) smartfonlarini taqdim etdi.
09:38 / 10.09.2024

														
														Eng nufuzli pasportlar reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni band etdi

Eng nufuzli pasportlar reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni band etdi

Henley & Partners dunyo mamlakatlari pasportining yillik reytingini e’lon qildi.
17:14 / 13.07.2024

														
														Har kuni yarim tayyor lag‘mon qilib beradigan ayolning eri tashlab ketdi

Har kuni yarim tayyor lag‘mon qilib beradigan ayolning eri tashlab ketdi

Erkakning aytishicha, xotini ushbu mahsulotni damlashdan boshqa narsani bilmaydi.
09:32 / 11.07.2024

														
														Olimpiadada ishtirok etgan birinchi ayol kim bo‘lgan?

Olimpiadada ishtirok etgan birinchi ayol kim bo‘lgan?

O‘sha paytda ayollarga faqat tennis va golfdan mukofot (2,2%) berilgan.
14:35 / 10.07.2024

														
														Singapurda 16 xil hasharotni yeyishga ruxsat berildi

Singapurda 16 xil hasharotni yeyishga ruxsat berildi

Hasharotlarni “yovvoyi tabiatdan yig‘ib olinishi”ga ruxsat berilmagan.
12:23 / 10.07.2024

														
														Marokashlik hijobli qiz xalqaro “Miss sun’iy intellekt” tanlovida g‘olib chiqdi

Marokashlik hijobli qiz xalqaro “Miss sun’iy intellekt” tanlovida g‘olib chiqdi

G‘olibning aytishicha, sun’iy intellekt orqali yaratilgan modellar har bir millatning madaniy va milliy boyligini dunyoga ta…
09:49 / 10.07.2024

														
														Qozog‘istonda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi sezilarli darajada oshdi

Qozog‘istonda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi sezilarli darajada oshdi

Yil boshidan buyon 21 ta infeksiya, jumladan, koronavirus bilan kasallanish darajasi kamaygan.
09:43 / 10.07.2024

														
														Kiberhujumlar: Internetdagi tahdidlar qanday rivojlanmoqda?

Kiberhujumlar: Internetdagi tahdidlar qanday rivojlanmoqda?

Yaqin uch yilda kiberjinoyatchilikdan ko‘rilgan global zarar yiliga 15 foizga o‘sib borgan.
15:39 / 09.07.2024

Bu ham qiziq

Rossiya rasmiylari maktabda rusiyzabon o‘quvchi kaltaklangani bo‘yicha O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Rossiya rasmiylari maktabda rusiyzabon o‘quvchi kaltaklangani bo‘yicha O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekistondan tushuntirish so‘ralganini ma’lum qildi.
11:18 / 26.09.2024
O‘zbekiston prezidenti Qatar delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Qatar delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ishtirok etay…
21:10 / 25.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara tuzishning iloji yo‘qligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan muzokara tuzishning iloji yo‘qligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji yo‘qligini aytdi.
11:01 / 25.09.2024
Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

Yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi

O‘zbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyoj yalpi ichki mahsulo…
15:54 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish…
14:22 / 25.09.2024
Sistitni qizil sabzi davolaydi

Sistitni qizil sabzi davolaydi

Sistit – bu qovuq (siydik pufagi) shilliq qavatida sodir bo‘ladigan yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, uni ko‘pincha infeksiya k…
09:53 / 26.09.2024
Toshkentning 3 ta tumani “svet”dan uzildi

Toshkentning 3 ta tumani “svet”dan uzildi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
09:19 / 26.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’u…
11:25 / 25.09.2024
“Bizni ichki ishlarimiz haqida boshqotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa to‘g‘ri bo‘lar edi” – Qodirov

“Bizni ichki ishlarimiz haqida boshqotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa to‘g‘ri bo‘lar edi” – Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov Mariya Zaxarovaga javob qaytardi.
12:35 / 26.09.2024
Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

Prezident OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzil…
17:47 / 25.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!