$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
42° Kechasi 26°

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

10:51 / 17.07.2025

Suriya armiyasi kuchlari mamlakat janubi-g‘arbida joylashgan Suvayda shahridan chekinishni boshladi. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylarning chekinishi shahar ichkarisida “mahalliy ichki xavfsizlik kuchlari” joylashtirilganidan so‘ng boshlangan.

Ma’lum qilinishicha, hukumat qo‘shinlarining mintaqadan olib chiqilishi druzlar bilan tuzilgan sulh bitimining bir qismidir. OAV xabarlariga ko‘ra, qo‘shinlar olib chiqilgach, davlat xavfsizlik kuchlari mintaqada qoladi – ular Suvayda yaqinidagi yo‘llarni nazorat qiladi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida chegara mintaqasida mojaro avj olishining so‘nggi bosqichida sodir etilgan huquqbuzarliklarni tekshirish uchun druzlar va rasmiy Damashq vakillarining qo‘shma qo‘mitasi ham tuziladi. 11-iyuldan beri davom etayotgan tartibsizliklar chog‘ida qo‘lga olingan druzlar va badaviylar qo‘yib yuborilishi, to‘qnashuvlarda bedarak yo‘qolganlar topilishi va’da qilingan.

“Biz jinoyat sodir etgan va bizning druzlarni haqorat qilganlarni javobgarlikka tortishga intilamiz, chunki ular davlat himoyasi ostida”, – degan Suriya rahbari Ahmad ash-Shara.

Ma’lumot uchun, iyul oyi boshida Suvayda shahrida druzlar va badaviylar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan edi. Ushbu vaziyat fonida Isroil druzlarni himoya qilish vaji bilan Damashqqa bir qator havo hujumlarini amalga oshirdi.

 



														
														Suriya va Isroil sulhga erishdi

Suriya va Isroil sulhga erishdi

Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar …
14:23 / 19.07.2025

														
														Janubiy Koreyada suv toshqinlari yuz berdi

Janubiy Koreyada suv toshqinlari yuz berdi

Hukumat aholiga yuqori darajadagi ogohlantirish bilan chiqdi
22:44 / 18.07.2025

														
														Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Mas’ud Pezeshkiyon ushbu hodisaga javoban hech qanday rasmiy chora ko‘rmadi, aksincha xususiy taksida Tabrizga yo‘l oldi, de…
10:36 / 18.07.2025

														
														Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025

														
														Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025

														
														Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
10:51 / 17.07.2025

														
														Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025

														
														Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025

														
														Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025

														
														Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025

Bu ham qiziq

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
22:22 / 18.07.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

Joriy yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yil darajasida saqlanib qol…
15:29 / 18.07.2025
18–22-iyul kunlari Shayxontohurda ayrim yo‘llar yopiladi

18–22-iyul kunlari Shayxontohurda ayrim yo‘llar yopiladi

Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi.
10:08 / 18.07.2025
Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi.
14:33 / 18.07.2025
19-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
21:31 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Qirg‘izistondan tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Qirg‘izistondan tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu…
09:34 / 18.07.2025
“The Washington Post”: “Tramp va Zelenskiy iyul oyi boshida telefon orqali maxfiy muloqot qilgan”

“The Washington Post”: “Tramp va Zelenskiy iyul oyi boshida telefon orqali maxfiy muloqot qilgan”

Ammo nozik masalalar sababli bu suhbat ommadan sir tutilgan
21:11 / 18.07.2025
Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Mas’ud Pezeshkiyon ushbu hodisaga javoban hech qanday rasmiy chora ko‘rmadi, aksincha xususiy taksida Tabrizga yo‘l oldi, de…
10:36 / 18.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!