Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama asosli bitimni imzoladi.
Hujjatni imzolash marosimi 17-iyul kuni Kobulda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temir yo‘li butun Yevroosiyo uchun strategik ahamiyatga ega. Yo‘lak savdoni yaxshilaydi, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga yordam beradi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘nalishlarni ochadi.
Savdo aloqalarini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va qurilish sohalarida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Termiz xalqaro savdo markazi salohiyatini oshirish tarafdorimiz ekanimizni yana bir bor tasdiqladik, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!