“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.
Prognozlarga ko‘ra, 18-20-iyul kunlari kunduzi harorat 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 35-38 darajani tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 40-43 daraja atrofida bo‘ladi.
“O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayishini prognoz qilgandi. 18—19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!